- Sheyver adenotomiyasi adenoidlarni olib tashlashning ishonchli va yuqori texnologiyali usuli bo'lib, undan keyin kasallikning asoratlari va qaytalanishi xavfi minimal, tiklanish davri kamayadi. Umumiy narkoz ostida operatsiya bola uchun og'riq va qo'rquvsiz amalga oshiriladi, psixologik shikastlanishning oldini oladi va shifokor endoskop nazorati ostida limfoid to'qimalarni sheyver yordamida butunlay olib tashlash imkoniyatiga ega.
Eng muhimi, 15 daqiqadan ko'p bo'lmagan operatsiyadan so'ng, bola o'sha kuni yoki ertasi kuni uyiga ketadi. Bolaga hech qanday tamponlar va bog'lovlar qo'yilmaydi.
Operatsiyaga ko'rsatmalar:
. burun orqali nafas olishni qiyinlashishi va og'izni ochib uxlash
. Xurrak otish va uyquda nafasni bir necha soniyaga to'xtab qolishi
. Eshitishning pasayishi
. Tish va yuz shaklini o'zgarishi
. Uyquga to'ymaslik
TONZILLOTOMIYA jarrohlik amalyoti.
- Tonzillotomiya - bodomsimon bezlarni qisman olib tashlash. Bunday operatsiya surunkali tonzillit va bodomsimon bezlarning gipertrofiyasi bo'lgan bemorlarga buyuriladi. Bodomsimon bezlarning olib tashlangan qismlari keyinchalik tiklanadi va himoya funktsiyalarini bajaradi. Ushbu operatsiya ta'sir chuqurligida bodomsimon bezlarni tubdan olib tashlashdan farq qiladi va shu bilan bodomsimon bezlarning funktsiyalarini saqlab qoladi.
- Operatsiya uchun ko’rsatma: bodomsimon bezlar hajmining sezilarli darajada oshishi hisoblanadi.
- Tashxis: kundalik hayotda tez-tez «kattalashgan bezlar» deb ataladigan, 3-darajali bodomsimon gipertrofiyasi.
Belgilari:
- Burundan nafas olish qiyinligi, nutqning buzilishi va doimo ochiq og’iz bilan namoyon bo’lishi mumkin!
O‘zingizni qiynayotgan savollarga to‘liq javob olish uchun, bizga murojaat qiling:
Web developer: Bakhramov_CG