- Nog'ora pardani Endoskopik parasentezlash- bu endoskop yordamida o'rta quloqning o'tkir va surunkali kasalliklarida, nog'ora pardada kichik bir kesma hosil qilib, o'rta va tashqi quloq orasida vaqtinchalik aloqa hosil qilish.
- Bu jarayonda o'rta quloqdagi patalogik suyuqlik, otsos yordamida olib tashlanadi. Bu jarrohlik kasallikning kechishini yengillashtirish yoki asorat berishini oldini olish maqsadida qilinadi.
- Ayniqsa bu jarrohlik o'rta quloqning surunkali , ya'ni ekssudatli ( asosan adenoid vegetatsiyasi asorati) kasalliklarida juda ham yaxshi foyda beradi. Agarda bu vaqtida qilinmasa, eshitishni ortga qaytmas darajada pasayishiga olib kelishi mumkin.
- O'rta quloqning o'tkir yiringli kasalliklarida og'riqni to'xtatish( shu zahoti to'xtaydi) va nog'ora pardani qo'pol teshilishini oldini olish maqsadida qilinadi.
- Bu amaliyot yosh bolalarda umumiy narkoz ostida, kattalarda mahalliy yoki umumiy narkoz ostida qilinadi.
O‘zingizni qiynayotgan savollarga to‘liq javob olish uchun, bizga murojaat qiling:
Web developer: Bakhramov_CG